Ikki avtobus haydovchisining poygasi oqibati
2019 yilning 08 noyabr kuni soat 06:50 da, Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman Do‘stlik MFY hududidan o‘tuvchi 4R22 “Oqqo‘rg‘on-Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 46-kilometrida MChJga tegishli bo‘lgan ikki "ISUZU" rusumli avtobus haydovchilari bir-birlari bilan yo‘l talashib, yo‘lovchilarning hayotini xavfga qo'yib, poyga o‘ynab, o‘zaro to‘qnashib, avtobuslar ag‘darilib ketganligi oqibatida 36 nafar fuqaro turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotqizilgan, 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti