Janjalning oqibati
2018 yil 24 noyabr kuni soat taxminan 21:00da, fuqaro B.O. Navoiy viloyat Navbahor tuman hududida tanishi M.O. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning badanini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.O. kasalxonaga yotqizilgan. B.O. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti