Spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibati
Qashqadaryo. 2020 yilning 09 iyul' kuni soat 23:30 da Chiroqchi tumani “Uyshun" qishloq markazida spirtli ichimlik ta'sirida mast holatda bo‘lgan 28 yoshli Z.G‘., o‘zi kabi mast holatda yurgan 31 yoshli X.B. bilan kelishmovchilik natijasida gap talashib, bir-birini haqoratlab, o‘zaro janjallashishlari oqibatmda Z.G‘. yerda yotgan beton tosh bo‘lagi bilan X.B., ning bosh sohasiga urib, “og‘ir” tan jarohati yetkazgan.
Natijada X.B. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e" bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Z.G‘. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti