Tungi vaqtda boshqaruvni yoʼqotgan haydovchi avtoulovidagi yoʼlovchining oʼlimiga sababchi boʼldi
Surxondaryo viloyati. 2020 yilning 06 sentyabrь kuni soat 20:20 larda 43-yoshli M.B., oʼzining boshqaruvida boʼlgan “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan Sherobod tumani “Vandob” mahallasi hududidan oʼtuvchi mahalliy ichki yoʼlda “Vandob” mahallasidan “Chorbogʼ” mahallasiga qarab katta tezlikda harakatlanib ketayotganida, avtomashinaning boshqaruvini yoʼqotib, yoʼlning chap tomon chekkasiga chiqib, agʼdarilib ketishi oqibatida yoʼl-transport hodisasini sodir qilgan.
YTH oqibatida “Cobalt” rusumli avtomashinada boʼlgan yoʼlovchi 34-yoshli Sh.S., tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi esa yengil tan jarohati olib tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yoʼl-transport hodisasi sodir etilishiga sabab mahalliy yoʼlga shagʼal tosh yotqizilgan joyda tezlikni oshirib haydaganligi taxmin qilinmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Sherobod tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar, yoʼllarda harakatlanganda belgilangan yoʼl harakati qoidalariga toʼliq amal qilishingizni hamda hushyorlikni oshirishingizni soʼraymiz, zero yoʼldagi birgina xato boshqalarning hayotiga xavf solishini unutmang!
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti