Jabrlanuvchining salbiy harakatlari o‘ziga nisbatan tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘ldi
Surxondaryo. 2020 yilning 11 may kuni soat 21:30 da Denov tumani “Qorako‘z” mahallasi hududidan o‘tuvchi ichki ko‘chasida, 19 yoshli O‘.O., tanishlari G‘.O. va A.A., lar bilan birga ketayotgan vaqtida ko‘chada tasodifan uchratib qolgan mahalladoshi 23 yoshli F.M., yoshligidan bo‘yni qiyshiq bo‘lib jussasi kichkina holatda ulg‘aygani uchun, uni mazax qilib, ustidan kulib, so‘kib haqoratlab, yuziga shapaloqlab urib, yoqasidan ushlab, yerga yiqitib, sudragan vaqtida, uni tanishlari G‘.O va A.A., lar ajratib olishganidan so‘ng ham O‘.O., yana F.M., ni so‘kib haqorat qilib, uni ikki qo‘li bilan yelkasidan mahkam qisib ushlab, yerga yiqitib urib tepmoqchi bo‘lganida, F.M., O‘.O., ga kuchi yetmasligini bilib, uni urib qattiq jarohat yetkazishidan qo‘rqib, o‘zini himoya qilish uchun yonida bo‘lgan kanselariya pichog‘i bilan O‘.O., ning orqa chap tomon ko‘krak qafasiga uch marotaba tan jarohati yetkazgan.
Natijada, O‘.O., tan jarohatlari bilan tibbiy muasassasiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 107-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti