Yana bir qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini sotilishiga chek qo‘yildi
Qashqadaryo. 2020 yilning 13 mart kuni soat 18:00 da Qarshi shahri IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor-tadbir o‘tkazilganida, fuqaro 50 yoshli D.R., Qarshi shahar “Bo‘ston” mahallasi hududida noqonuniy ravishda vazni 1,48 grammni tashkil qilgan “ko‘knor poxoli” giyohvandlik vositasini 70.000 so‘mga sotayotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan va ushbu holat tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 1-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmokda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti