Og‘ufurushning kirdikorlari fosh bo‘ldi
Andijon viloyati. 2020 yilning 21 oktyabr kuni soat 17:00larda Andijon viloyati IIB JQB va Paxtaobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 49 yoshli B.T. shartli xaridorga 22,43 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini kimyoviy ishlov berilgan 750.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro B.T. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti