Istirohat bog’idagi jinoyat
2018 yil 5 noyabr kuni soat taxminan 20:30da, fuqaro O.A. Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog’ida fuqaro R.I. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada R.I. kasalxonaga yotqizilgan. O.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti