O‘limga sababchi bo‘lgan karate uslubi
Toshkent shahri. 2020 yilning 23 dekabr kuni soat 09:03 da Yashnobod tumani Sandiqli 1-tor ko‘chasi 2-uy oldida tan jarohatlari bilan nomaʼlum ayolning murdasi topilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli Darya K.. ekanligi aniqlangan.
Shu jumladan holatga oydinlik kiritilganda, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 16:30 larda Darya K. tanishlari Aleksandr K. va Vladimir A., lar bilan Aleksandr K.,ga tegishli S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan uylardan birida tibbiyot spirtini isteʼmol qilishganliklarini, so‘ngra Darya K. mast holatda bo‘la turib, Vladimir A., ga “karate” uslublarini ko‘rsatishni boshlaganligini, shu vaqtda Darya K., Vladimir A., ga bexosdan jarohat yetkazganligi natijasida Vladimir A., ni bundan jahli chiqib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ikki marotaba uning ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan. Natijada Darya K., tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketganligi va yuqorida ko‘rsatilgan joyda xushini yo‘qotib, so‘ngra vafot etganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Vladimir A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida hodisa sodir bo‘lgan joydan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda Vladimir A. jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti