O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadonda talonchilik qilgan shaxs javobgarlikka tortilmoqda.

2019 yil 18 noyabrь kuni taxminan soat 15:00 larda nomaʼlum shaxs oʼzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-mavze 14-uy 21-xonadonga gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi 79 yoshli T.M.ni hayoti va sogʼligʼi uchun xavfli boʼlmagan zoʼrlik ishlatib, T.M.ning chap qoʼl nomsiz barmogʼida boʼlgan narxi 1.000.000 soʼmlik tilla uzugini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Birlamchi tibbiy maʼlumotnomaga koʼra, T.Mga “burun sohasi tepa yumshoq toʼqimalari lat yeyishi” tashxisi qoʼyilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 34 yoshli I.Q. sodir qilganligi aniqlanib, 2019 yil 25 noyabrь kuni protsessual tartibda ushlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, hamda holat boʼyicha soʼroq qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech