Tanishini 1000 dollarga “sotgan” shaxs ushlandi
Samarqand viloyati. 2021 yil aprel oyining boshlarida 28 yoshli A.Halim tanishi 37 yoshli I.Orzigulni Turkiya davlatiga shahvoniy maqsadlarda niyatida aldov yo‘li bilan uning ishonchiga kirib, unga Turkiya davlatidan yaxshi ish topib berishini va u yerga ketishida ham yordam berishini vaʼda qilib, unga tegishli fuqarolik pasportini egallab, I.Orzigulni fuqaro “S” ga 1000 AQSH dollar evaziga sotishga kelishib, 2021 yil 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarg‘om tumani Tinchlik mahallasida joylashgan kafelardan birida fuqaro “S” bilan savdolashib, 1000 AQSH dollardan 800 AQSH dollarni olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Pastdarg‘om tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Halimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti