O‘g‘irlikni kasb qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi
Toshkent shahri. 2021 yilning 20 fevral kuni tungi soat 01:00 larda 32 yoshli Saʼdulla A., Yunusobod tumani 18-mavzesida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlar oldida qarovsiz qoldirilgan 39 yoshli Zokirxo‘ja I.,ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap old eshigini sim yordamida ochib, qasddan o‘g‘rilik jinoyatini sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida, 32 yoshli Abdufattoh Sh., va Zokirxo‘ja I.,lar tomonidan ushlanganligi bois, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Saʼdulla A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Shuningdek, u muqaddam bir necha marotaba o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlanganligi aniqlangan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, Saʼdulla A., jinoyat sodir etishda foydalangan sim ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti