O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyat sodir etdi

2019 yil 4 yanvar kuni soat taxminan 20:00da, Buxoro viloyat G’ijduvon tumanida yashovchi mudaqqam sudlangan Sh.B. o’z uyida akasi Sh.D. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Sh.D. kasalxonaga yotqizilgan. Sh.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech