Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyat sodir etdi
2019 yil 27 iyul kuni soat taxminan 05:00 da, muqaddam sudlangan X.U. Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida tanishi M.X. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.X. kasalxonaga yotqizilgan. X.U. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti