O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sudlangan shaxs og‘ir jinoyat sodir qildi

2018 yil 14 sentyabr kuni soat taxminan 19:00da, noma’lum shaxs Buxoro viloyat Kogon shahri hududida yo‘lovchi sifatida kelayotgan N.A.ga nisbatan hayot va sog‘liq uchun havfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, undan 100.000 so‘m puli, bahosi 200.000 so‘mlik “Nokiya” rusumli telefon apparatini va bahosi 800.000 so‘mlik “Ural” rusumli velosipedini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari hodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan M.R. sodir etganligi aniqlanib, 15 sentyabr kuni ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya’ni hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech