Chilonzorda ikki nafar yo‘lto‘sarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahri. 2021 yilning 14 may kuni soat 16:20 larda nomaʼlum shaxslar Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasi hududidagi yer osti o‘tish yo‘li oldida fuqaro 43 yoshli A.Ulug‘bekni to‘xtatib, egnidagi shimining orqa cho‘ntagidan 300 AQSH dollar pullari solingan fuqarolik pasporti va narxi 300.000 so‘mlik «SAMSUNG J1» rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joydan yashiringanlar.
Tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi 33 yoshli A.Murodali va 38 yoshli H.Salimlar sodir etganliklari, ular muqaddam firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlari uchun sudlangan bo‘lganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik) va 227-moddalari (hujjatlarni egallash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Murodali va H.Salimlarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti