O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyat sodir etdi

2018 yil 6 noyabrdan 7 noyabrga o’tar kechasi, noma'lum shaxs Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida yashovchi fuqaro O.B.ning uyiga ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 200.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari hamda “Samsung” rusumli uyali telefonini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan A.E. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech