O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyat sodir etdi

2018 yil 17 dekabr kuni soat taxminan 15:00da, muqaddam sudlangan fuqaro S.M. Toshkent shahar Yakkasaroy tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro A.X.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinani olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro S.M. ushlangan. Avtomashina topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.      

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech