O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Shayxontohur tumanidagi talonchilik fosh etildi

2019 yil 9 aprel kuni soat taxminan 19:00 da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida fuqaro N.B.ning qo’lidagi “Samsung” rusumli uyali telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro M.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech