Kissavurlik fosh etildi
2019 yil 7 yanvar kuni soat taxminan 19:00 da, fuqaro J.Sh. Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Markaziy” dehqon bozori hududida fuqaro Q.M.ning egnidagi paltosini cho’ntagidan “Samsung” rusumli uyali telefonini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro J.Sh. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «a» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish, jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo’l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik)) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti