O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi
2018 yil 28 oktyabrdan 29 oktyabrga o’tar kechasi, noma'lum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanida yashovchi fuqaro T.K.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari, “Daewoo” rusumli mikroto’lqinli pech, “Podolsk-142” rusumli tikuv mashinasi va bahosi 5.000.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti