O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi
2019 yil 26 yanvardan 27 yanvarga o’tar kechasi noma'lum shaxs Buxoro viloyat G’ijduvon tumanida yashovchi fuqaro M.Z.ning uyiga deraza orqali ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 2.550.000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va umumiy bahosi 1.500.000 so’mlik ayollar pardoz anjomlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro L.E. va A.X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti