O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi
2019 yil 1 fevraldan 2 fevralga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Sirdaryo viloyat Sayhunobod tuman “Qulberdi ota” fermer xo’jaligining dala maydonida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro F.Sh.ga tegishli ikki bosh otlarni o’g’irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro R.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti