O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’g’rilik “issiz izi”dan fosh etildi

2019 yil 30 aprel kuni soat taxminan 20:30 da, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyat Qarshi tumanida yashovchi fuqaro A.A.ning uyiga devor oshish yo’li bilan g’ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy qiymati 10.000.000 so’mlik zargarlik buyumlari, 35.000.000 so’m va 2.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro X.M. va N.I.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech