O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ohak ishlab chiqarish shahobchasidan sodir etilgan jinoyat ochildi

Navoiy. 2020 yil 02 may kunidan 03 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Karmana tumani, “Yangiariq” mahallasi hududida joylashgan 41 yoshli O.Sh., ga tegishli bo‘lgan “ohak va gips ishlab chiqarish shahobchasi” ga devordan oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan jami 17.500.000 so‘mlik turli xil uskunalar va qurilish mollarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 64 yoshli M.A., sodir etganligi aniqlanib, talon-toroj qilingan boyliklarni bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech