O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi

2018 yil 13 dekabr kunidan 2019 yil 20 yanvar kunigacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma'lum shaxs Surxondaryo viloyat Qumqo’rg’on tumanida yashovchi I.N.ning uyiga kirish eshigini buzish orqali ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan bahosi 700.000 so'mlik “Chayka” rusumli tikuv mashinasi va umumiy bahosi 500.000 so’mlik idishlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni X.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech