Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi
2018 yil 13 dekabrdan 14 dekabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Buxoro viloyat Jondor tumanida yashovchi fuqaro A.U.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan umumiy qiymati 4.500.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti