Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi
2019 yil 27 fevral kunidan 28 fevral kuniga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Andijon viloyat Andijon shahrida yashovchi fuqaro X.M.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 7.950 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari va “Samsung” rusumli uyali telefonni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro X.O. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti