Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi
2019 yil 19 fevral kuni taxminan soat 07:00 dan 12:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida noma’lum shaxs Namangan viloyat Yangiqo’rg’on tumanida yashovchi fuqaro S.N.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 100.000 so’mlik bir dona DVD pleyer, 180.000 so’mlik bir dona dazmol va 300.000 so’m miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro T.N. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti