O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi

2018 yil 23 noyabrdan 24 noyabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Buxoro viloyat Jondor tumanida yashovchi fuqaro E.O’.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan 7.000.000 so’m va 250 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni E.O’.ning qo’shnilari X.M. va G’.R.lar sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech