Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi
2018 yil 7 noyabr kuni soat taxminan 06:30dan 14:30gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma'lum shaxs Farg’ona viloyati Farg’ona tumanida yashovchi fuqaro K.Y.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 20.100.000 so’m va 1.600 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari hamda “Samsung” rusumli planshetini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro M.B. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti