O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xonadondan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati fosh etildi

2018 yil 2 dekabrdan 3 dekabrga o’tar kechasi, noma’lum shaxs Buxoro viloyat Buxoro tumanida yashovchi fuqaro I.A.ning uyiga deraza orqali g’ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan umumiy qiymati 67.300.000 so’m bo’lgan zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro N.M. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o’g’rilik, ya’ni o’zganing mol-mulkini ko’p miqdorda yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech