Talonchilik jinoyati fosh etildi
2018 yil 2 sentyabr kuni soat 00:30da noma’lum shaxs Toshkent viloyat Ohangaron shahrida joylashgan Politexnika kasb-hunar kolleji oldida M.I. ismli ayolni qo‘lidan “Samsung” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 5 sentyabr kuni ushbu jinoyatni A.X. ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti