Dekabr oyidagi jinoyat fosh etildi
2018 yil 10 dekabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.D.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan edi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro T.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti