Noyabr oyidagi jinoyat fosh etildi
2018 yil 30 noyabr kuni soat taxminan 17:45da, noma'lum shaxs Samarqand viloyat Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B.G.ning uyiga kalit tanlash yo’li bilan ga’yriqonuniy ravishda kirib, xonadondan 700.000 so’m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’lari hamda umumiy qiymati 21.000.000 so’mlik zargarlik buyumlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro B.A. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti