O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Nogironga nisbatan sodir etilgan bosqinchilik

Buxoro. 2020 yilning 7 apreldan 8 aprelga oʼtar kechasi soat 02:00 da 33 yoshli J.X. va 26 yoshli M.Sh. spirtli ichimlik isteьmol qilgan mast holatda Qorakoʼl tumani Mirpoʼlat qishlogʼida yashovchi 2 guruh nogironi 47 yoshli O.X., ning yashash uyi yotoqxonasiga eshik oynasini sindirish orqali gʼayriqonuniy ravishda kirib, uni qoʼllari bilan boʼyin qismidan boʼgʼib, hayoti va sogʼligi uchun xavfli boʼlgan zoʼrlik ishlatish bilan qoʼrqitib, pullari va tilla-taqinchoqlarini berishni talab qilib, uning yonida boʼlgan 100.000 soʼm pullarni talon-toroj qilib, hodisa sodir boʼlgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va J.X., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, M.Sh. va J.X. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar va oʼrnatilgan tartibda ushlanganlar, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech