O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taksi haydovchisi yo‘lovchiga bosqinchilik sodir etdi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 15 mart kuni soat 19:00 larda “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi bo‘lgan nomaʼlum shaxs Zangiota tumani Xonobod MFY.,dan 19 yoshli Zamira A.,ni “Bek-baraka” savdo majmuasiga 30 000 so‘m evaziga olib borib qo‘yish maqsadida mijoz sifatida olib, so‘ng uni Zangiota tumani O‘rtaovul MFY., hududidagi kimsasiz joyga olib borib qo‘lidagi pichoqchani tirab, qo‘rqitib, “LG” rusumli telefon apparati, bir juft tilla ziragi,  150.000 so‘m pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 34 yoshli Djamshid X., sodir etganligi, qurol sifatida foydalangan pichoqcha tirnoq olish uchun mo‘ljallangan “kusachkaekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Djamshid X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech