O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tovlamachining o‘yini fosh bo‘ldi

Namangan. 2020 yilning 28 sentyabr kunidan 29 sentyabr kuniga o‘tar kechasi, Namangan viloyati Uchqurg‘on shahrida istiqomat qiluvchi 20 yoshli A.S., Uchqo‘rg‘on shahri “Ko‘prikboshi” MFYda istiqomat qiluvchi 21 yoshli Sh.A.,ga qo‘ng‘iroq qilib, unga 2017 yilda “Toxir” ismli shaxs bilan janjallashgan holati tasvirga tushirilgan videoni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda tarqatib yuborishini aytib, tasvirni fuqaro Sh.A.,ning telefoniga yuborib, uning uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ushbu videoni tarqatib yubormaslik evaziga Sh.A.,dan 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib, olayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sh.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech