RECEPTIONdagi o‘g‘irlik
Samarqand viloyati. 2022 yil 12 sentyabr kuni Samarqand shahar A.Temur ko‘chasida yashovchi 25 yoshli B.I. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahar Qo‘shhovuz ko‘chasidagi mehmonxonada ish boshqaruvchi lavozimida ishlashi, RECEPTION bo‘limida turadigan unga tegishli bo‘lgan sumkasi ichidan ikki marotaba pullarini o‘g‘irlaganligi va shu yerdagi kuzatuv kamerasi yozuvlarini ko‘rganida pullarini mehmonxona ishchisi 23 yoshli S.l. mazkur pullarni o‘g‘irlaganini bilganligi va shu sababli, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, pullarini undirishda amaliy yordam berishlikni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchi S.L.ni so‘roq qilish davomida, u joriy yilning 29 iyul kunidan 9 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida mehmonxona ish boshqaruvchi sumkasini mehmonxonaning kirish joyida joylashgan RECEPTION bo‘limida muntazam ravishda qoldirib ketayotishidan foydalanib, sumkasidan oz-ozdan, jami 12.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab kelganligini maʼlum qilgan.
Bugungi kunga qadar tergov davomida gumonlanuvchi S.L. jabrlanuvchidan o‘g‘irlagan pullardan 6.000.000 so‘m pullarini o‘z ixtiyori bilan qaytarib bergan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
kapitan S.Berdiyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti