O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sandiq buzildi...

Sirdaryo viloyati. 2021 yil 09 may kunidan 11 may kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxslar o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Xovos tumani Fidokorlar ko‘chasida yashovchi 43 yoshli D. Izolatning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni mehmonxonasida turgan sandiq qulfini buzish yo‘li bilan ochib, sandiq ichida bo‘lgan jami 3.100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni 19 yoshli X. Sanjar va S. Yorqinbeklar sodir etkanliklar aniqlanib, ulardan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan jami 3.100 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B”,“G” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.              

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech