Giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs koronovirusga chalinganligi aniqlandi
Samarqand. 2020 yilning 10 iyul kuni soat 12:30 da IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli U.D. 0,59 gramm «Gashish» giyohvandlik vositasini 500.000 soʼmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda ishlatilgan 250.000 soʼm pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (koʼp miqdorda giyohvandlik vositasini oʼtkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha U.D., ga tegishli modda bilan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Аmmo dastlabki tergov jaranida U.D. «Covid-19» kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qoʼllanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda boʼlish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan, U.D. karantinga olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti