
Oilaviy janjal
2018 yil 12 noyabr kuni soat taxminan 01:00da, Surxondaryo viloyat Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Q.O’. o’z uyida turmush o’rtog’i S.M. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.M. kasalxonaga yotqizilgan. Q.O’. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti