Oilaviy janjal
2018 yil 2 dekabr kuni soat taxminan 12:30da, Samarqand viloyat Pastdarg’om tumanida yashovchi fuqaro K.M. o’z uyida turmush o’rtog’i J.R. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning kurak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada J.R. kasalxonaga yotqizilgan. K.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti