Shisha ustida vujudga kelgan janjal, odam o‘limi bilan yakunlandi
Navoiy viloyati. Joriy yilning 20 fevral kuni soat 23:00 larda Navoiy shahar “Yagodnaya” ko‘chasida yashovchi 57 yoshli S.D., o‘zi istiqomat qilayotgan uyida, tanishi 42 yoshli S.M. bilan birgalashib spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, o‘zaro o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida bir-birlarining tanalarining turli qismlariga qo‘li va oyoqlari bilan urishib tan jarohati yetkazishgan. Natijasida S.M. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha S.D. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda S.D.,ning olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, jinoyatning kelib chiqish sababini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti