O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maktab o’quvchisi jinoyat sodir etdi

2018 yil 7 noyabr kuni soat taxminan 18:00da, noma'lum shaxs Namangan viloyati Mingbuloq tumani hududida fuqaro T.B.ning qo’lidan ichida 2.000.000 so’m miqdoridagi pul mabag’lari bo’lgan sumkasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni voyaga etmagan Y.N. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech