Sigaret yoqib olish uchun olov борми...?!
Toshkent shahar. 2022 yil 2 oktyabr kuni Chilonzor tumani 2-mavzesida yashovchi 36 yoshli M.M. Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 01:00 larda u Chilonzor tumani 2-Katta Chilonzor MFY hududida aylanib yurgan vaqtida, uni 2 nafar nomaʼlum shaxs to‘xtatib, sigaret yoqib olish uchun olov so‘rash bahonasida to‘satdan urib tan jarohat yetkazgan holda, uning yonida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung A6” rusumli telefon apparati va 1 dona plastik kartalarini olib qo‘yishib, hodisa bo‘lgan joyidan qochib ketkanliklari, ushbu 2 nafar nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 25 yoshli Z.I. va Farg‘ona viloyatida yashovchi 18 yoshli D.B.lar sodir sodir etganligi aniqlangan. “Samsung A6” rusumli telefon apparati esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.I. va D.B.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlanishgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti