“Qoradori-2019”
2019 yilning 23 iyun kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o’tkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Sirdayo viloyat, Sirdaryo tuman hududida fuqaro Sh.Sh. o’zida shubha uyg’otganligi sababli to'xtatilib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o’tkazilganda, u egnidagi shimining cho’ntagida og'irligi 1,98 grammga teng bo’lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, “munosib xulq-atvorda bo’lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining 11.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti