O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Siz bilan suratga tushib olsak maylimi?

Toshkent shahar. Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:30 larda 3 nafar nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahar Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan tungi klubda bula turib, 16 yoshli A.I. tanishlari bilan o‘tirgan joyga borib, avvaliga ular bilan rasmga tushishni bahona qilishib, A.I.,ga tegishli bo‘lgan “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefon apparatini suratga tushirish maqsadida olib, bir birlariga “qo‘lma-ko‘l” qilib telefonini qaytarib bermasdan, voqea joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida uch nafar nomaʼlum shaxslar aniqlanib, ular 17 yoshli U.M. (avval sudlangan), U.R., S.X.,lar ekanligi aniqlangan. “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefon esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.M., U.R., S.X.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinganlar.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech