O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo’shnilar o’rtasidagi janjal

2018 yil 28 noyabr kuni soat taxminan 01:00da, fuqaro P.S. Namangan viloyat Namangan shahri hududida bo’la turib, qo’shnisi X.N. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning ko’krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.N. kasalxonaga yotqizilgan. P.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi  (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech