Qo’shnilar o’rtasidagi janjal
2018 yil 7 dekabr kuni soat taxminan 20:30da, fuqaro U.O. Qashqadaryo viloyat Yakkabog’ tuman hududida bo’la turib, qo’shnisi B.E. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada B.E. kasalxonaga yotqizilgan. U.O. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti